top of page
Adsız tasarım (40).jpg

Nima uchun biz?

Ishonchli xizmat, zamonaviy texnologiya, doimiy qo‘llab-quvvatlash.

Adsız tasarım (12).jpg

Hayotingizga bag‘ishlangan ishonch

25 yillik tajriba bilan – har bir tomchida sifat, har bir xizmatda samimiyat.

Sifatli suv filtrlash tizimlari bilan oila salomatligini muhofaza qilishda ishonchli hamkoringiz bo‘lamiz. Biz texnologiyani, xizmatni va halollikni birlashtiramiz.

Prowater tarixi — Asosiy bosqichlar

Uyingiz va ish joyingiz uchun sifatli ichimlik suvi
Biz ichimlik suvini uyingizda va ish joyingizdagi har bir nuqtaga xavfsiz va sog‘lom tarzda yetkazish imkoniyatiga egamiz.

Tijorat sohasida ishonchli yechimlar
Sanoat va tijorat sohalarida uzluksiz ishlash, yuqori sifat va energiya samaradorligi bilan xarajatlarni maqbul darajada ushlab turamiz.

Muhandislik yondashuvi va texnologik ustunlik
Prowater ilg‘or texnologiya va muhandislik yondashuvi bilan material tanlovidan tortib yakuniy mahsulot samaradorligigacha bo‘lgan barcha bosqichlarni o‘z ichiga oladi.

01

1992–2005

Yirik sanoat korxonalari uchun maxsus tizimlar ishlab chiqildi. Eksport yo‘lga qo‘yildi. Dengiz suvini tozalovchi texnologiyalar ishlab chiqildi va global loyihalarda faol ishtirok etildi.

02

2014–2023

Uyda foydalanish uchun mo‘ljallangan tizimlarimiz yordamida ichimlik va foydalanish suvingizni samarali tarzda tozalang.

03

2024–hozirgi kungacha

O‘zbekiston bozoriga kirish boshlandi. Dastlabki hamkorliklar yo‘lga qo‘yildi. Toshkent shahrida “Prowater” brendi ostida 30 kunlik bepul sinov kampaniyasi ishga tushirildi.

Adsız__1_-removebg-preview.png

30 kunlik bepul sinov
Toshkent shahrida boshlangan maxsus aksiya: Qurilmani 30 kun davomida uyingizda tekin sinab ko‘rishingiz mumkin. Agar rozi bo‘lsangiz, keyin xarid qilasiz. Xavfsiz va ishonchli qaror!

24-removebg-preview__1_-removebg-preview_edited_edited.png

To‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo va mahsulot yetkazib berish
Prowater o‘zining yuqori sifatli suv filtrlash tizimlarini ombordan to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqdim etadi. Narxlar shaffof, mahsulotlar doimiy zaxirada.

Adsız_edited_edited-removebg-preview (1).png

Mahalliy ishlab chiqarish va moslashtirilgan tizimlar
Import qilinadigan original qismlar asosida, mijoz ehtiyojlariga mos holda yuqori sifatli filtr tizimlarini o‘zimiz ishlab chiqamiz va o‘rnatamiz.

Adsız_edited-removebg-preview.png

Servis va texnik xizmat
Mutaxassislarimiz tomonidan montaj va ishga tushurish ishlari amalga oshiriladi. Har qanday nosozliklarga tezkor javob, davriy texnik xizmat ko‘rsatish va kafolatli xizmat mavjud.

Adsız-removebg-preview (1).png

Kafolatlangan xizmat va maslahat

To‘g‘ri mahsulot tanlovi uchun bepul texnik maslahat va joyida ko‘rik. Har bir yechim “Prowater kafolati” va 100% mijoz mamnunligi bilan ta'minlanadi.

Kurucudan Mesaj

Bir Tomchida Ishonch

Adsız tasarım (19).jpg

Hayotimizning eng oddiy va zarur ehtiyoji – bu suv.
Biz Prowater’da oddiy suvni oddiy emas, balki sog‘liq manbai deb bilamiz. Shu ishonch bilan har bir oilaga xavfsiz, toza va sifatli ichimlik suvi yetkazishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz.

O‘z faoliyatimizni Turkiyada boshlaganmiz. Endi esa Toshkentda, siz azizlar bilan birga o‘smoqdamiz. 25 yillik tajriba, ilg‘or texnologiyalar va samimiy xizmat bilan har bir tomchida sog‘lik, har bir uyda ishonch yaratmoqchimiz.

Bu yo‘lda biz uchun eng katta mukofot – mijozlarimizning mamnunligi.
Siz suvni emas, ishonchni tanlaysiz.

Adsız tasarım (17).jpg

30 kunlik bepul sinov – sinab ko‘ring, farqni o‘zingiz ko‘ring!

Hozircha faqat Toshkent shahrida – 1 oy davomida bepul sinov o‘tkazilmoqda!

Toshkentda suv sifati bilan bog‘liq muammolar eng ko‘p uchraydi. Aholimizning ko‘pchiligi ichimlik suvdan norozi bo‘lsa-da, yechim haqida yetarli ma'lumotga ega emas. Shu sababli sinov dasturimizni aynan Toshkentdan boshladik.

Prowater sizga 30 kunlik bepul sinov imkoniyatini taklif qiladi. Mutaxassislarimiz qurilmani uyingizga o‘rnatadi, siz esa 1 oy davomida toza, sog‘lom ichimlik suvdan bahramand bo‘lasiz. 

Agar mamnun bo‘lsangiz, sinov tugagach sotib olish imkoningiz bor. Aks holda, hech qanday xarajat va majburiyatsiz qurilma olib chiqiladi.
 

ikisi bir_edited.jpg

Oshxonangizda sog‘lom va xavfsiz suvga joy bering.

Toshkentlik oilalar uchun mo‘ljallangan ushbu sinov dasturida mahsulotimizni mutfagingizda sinab ko‘ring — sifati, ta'mi va farqini o‘zingiz sezasiz.

30 kun davomida filtrlangan suvdan bepul foydalanib ko‘ring, faqat shunda qadoqlangan suvga sarflayotgan pul va sog‘lig‘ingiz o‘rtasidagi farqni to‘liq his qilasiz.

AFZALLIKLAR

Asosiy qadriyatlarimiz

Sifatli suvni taqdim etish biz uchun kasb emas – bu bizning mas’uliyatimiz.

Har doim mavjud

Sizning ehtiyojlaringiz biz uchun doimo birinchi o‘rinda. O‘z vaqtida yetkazib berish va mavjud bo‘lish – bizning va’damiz.

Har joyda, har vaqtda

Eng yangi texnologiyalar bilan toza suvni tejamkor va samarali tarzda taqdim qilamiz.

Ishonch

Minglab oilalar bizga ishonmoqda. Biz har bir tomchida bu ishonchni oqlashga harakat qilamiz.

TESTIMONIALS

Mijozlarimiz nima deyapti?

Adsız.jpg
Adsız.jpg

📍 Chilonzor, Toshkent
🗨️ “Ilgari suvga ishonmasdim. Endi bolalarim bemalol ichmoqda, o‘zim ham har kuni choy damlayapman. Sifat – zo‘r!”

Feruza Yo‘ldosheva

Adsız.jpg

📍 Yunusobod, Toshkent
🗨️ “Qurilma tez o‘rnatildi. Xizmat xodimi ham juda muloyim edi. Suv tiniq, ta’mi esa tabiiy.”

Akmal Eshonqulov

Adsız.jpg

📍 Sergeli, Toshkent
🗨️ “Prowater tufayli endi ovqatimga alohida lazzat keldi. Choyim tiniq, farzandlarim sog‘lom ichmoqda.”

Dilnoza Karimova

KSS

Ehtimol, sizda savollar bordir.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Biz bilan bog‘laning

Har qanday suv filtrlash ehtiyojingiz uchun birga yechim topamiz.

Mutaxassislarimiz 24 soat ichida siz bilan bog‘lanadi.
Ariza qoldiring – uyingiz, ofisingiz yoki ishlab chiqarishingiz uchun eng maqbul tizimni tavsiya qilamiz.

Qaysi turdagi suv filtri sizni qiziqtiradi?
🏠 Uydagi ichimlik suvi uchun
🏢 Ofis yoki kichik biznes uchun
🏭 Sanoat / Ishlab chiqarish uchun
bottom of page